17:48 / 06.05.2015
5 780

Noyer Messiga kim aslida kimligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Noyer Messiga kim aslida kimligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz.

«Men Lionel Messi va uning natijalarini qattiq hurmat qilaman. U judayam kamtar inson. Biroq unga qarshi o‘yinlarda maydonda aslida kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘yish kerak. Bu ishni jahon chempionati finalida uddalagandim. Yana bir bor bunga urinib ko‘raman».

«Barselona»ga qarshi uchrashuv biz uchun muddatidan oldingi final. Biz Berlin finalida o‘ynash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshirimiz kerak».

«Oldingi safar biz ikkala uchrashuvda ham yaqqol ustunlik qilgandik. Lekin hozir vaziyat boshqacha. Ularda jarohat olgan futbolchilar yo‘q. Messi hamon eng zo‘r bo‘lib qolmoqda. Biz esa etakchilarsiz o‘ynashga majburmiz. Oson bo‘lmasligini bilamiz, biroq o‘z imkoniyatimizdan foydalana olishimizga ishonaman», deya Noyerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Evrosport-Britaniya» nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Noyer Messiga kim aslida kimligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi