O‘zbekiston terma jamoasi va Chimkentning “O‘rdaboshi” klubi futbolchisi Aleksandr Geynrix Ostona aeroportida qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda Informburo.kz portali'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Aytilishicha, 7 may kuni Geynrix, vizasining muddati tugaganiga qaramay, Moskvaga uchib ketishga harakat qilgan paytda chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Dastlab uni mamlakat hududidan chiqarib yubormoqchi bo‘lgan, ammo uning futbolchi ekanligini hisobga olib, jarima bilan cheklanishga qaror qilingan.
Ta’kidlanishicha, futbol klublarining aksariyatida o‘yinchilarning pasport va migrasiya tartiblariga rioya qilishi jamoaning maxsus vakillari tomonidan kuzatib boriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Geynrix Qozog‘iston hududidan 24 aprel kuni chiqib ketishi kerak edi, ammo u bu ishni amalga oshirishni 13 kunga kechiktirgan.
8 may kuni Ostona tumanlararo sudi Geynrixning o‘z aybini tan olgani, og‘ir oqibatlarning yo‘qligi, ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilmaganlikni hisobga olib, futbolchining advokati Muhammadyorovning jazoni yengillashtirish haqidagi iltimosini qondirdi. Geynrix belgilangan 29 730 tanga jarimani o‘sha kunning o‘zidayoq to‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi