17:45 / 21.05.2015
6 440

Xavi yozda «Barselona»dan ketishini tasdiqladi


Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Xavi Ernandes yozda jamoadan ketishini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.

2015 yil 21 may, payshanba kuni, klub Xavi bilan matbuot anjumani tashkillashtirdi va unda yarimhimoyachi klubdagi futbolchilik faoliyati yakunlanganini bildirib o‘tdi.
Xavi yozda «Barselona»dan ketishini tasdiqladi

«Mavsum tugagach, «Barselona»ni tark etishimni aytmoqchiman. Bunday qarorga kelish menga oson bo‘lgani yo‘q. «Barselona»da ushbu mavsumda qolganimdan xursandman. Yo‘qsa bu qarorga kelishim qiyin bo‘lardi», dedi Xavi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

«Endi faoliyatimni «As-Sadd»da davom ettiraman. Shartnoma ikki yilga tuzilgan va u yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, menda o‘zimni murabbiy va sport direktori lavozimida sinab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lmoqda».

«Barselona» yaqinda men bilan 2018 yilga qadar shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqandi. Biroq bu taklifga qadar men bir qarorga kelib bo‘lgandim».

«Qatarda meni juda qiziqarli loyiha kutib turibdi. Ammo asosiy maqsadim —qachondir «Barselona»ga qaytish. Qaysi rolda — murabbiymi, sport direktorimi — farqi yo‘q. Axir bu er mening uyim».

«Men juda baxtliman. «Barselona» safida faqatgina orzu qilish mumkin bo‘lgan faoliyatimni o‘tkazdim. Men Leo, Andres, Busi, Pedrolarni juda sog‘inaman. Ularning barchasi meni do‘stlarim. Ammo hayot shunaqa ekan», deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy tvitteri.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi yozda «Barselona»dan ketishini tasdiqladi