5 874
Xavi “Barselona” muxlislarini Ispaniya madhiyasiga hushtakbozlik qilishganini olqishladi
“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Xavi Ernandes Ispaniya madhiyasining kataloniyaliklar va basklar tomonidan hushtakbozlik bilan qabul qilinganiga nisbatan ijobiy ko‘z bilan qarashini bildirdi. Bu haqda Marca nashri'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
"Muxlislar Ispaniya madhiyasini yaxshi kutib olishmasligini to‘g‘ri tushunish kerak. Bizda demokratiya bor va har kim madhiyaga o‘z munosabatini bildirish huquqiga ega. Buning uchun jamoalarni jazolash mantiqdan emas. Shunchaki, muxlislardan nega bunday qilishganini so‘rash kerak", deydi Xavi.
Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni "Kamp Hou" o‘yingohida o‘tkazilgan Ispaniya Kubogi uchun final uchrashuvida "Barselona" va "Atletik" (Bilbao) jamoalari bellashdi. Bu ikki jamoaning ham muxlislari mamlakat madhiyasini norozilik bilan qarshi olishdi. O‘yinda "Barselona" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Shu yilning mart oyida Madrid shahri meri Esperansa Agirre "Barselona" va "Atletik" jamoalari muxlislari Ispaniya Kubogi musobaqasi doirasidagi o‘yinlarda doimiy ravishda davlat ramzlariga nisbatan o‘z nafratlarini izhor qilib kelishlaridan shikoyat qilgandi.
Ma’lumot uchun, bu ikki jamoa avtonom viloyatlar jamoalari hisoblanishadi va bu viloyatlar alohida ajralib chiqishga harakat qilib kelishadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi