Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida Senegal termasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yin teng kurashlar asosida kechdi. Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz bir oz ustunlikka ham ega bo‘lishdi. Ammo bu ustunlik hisobda aks etmadi. Aksincha, Senegal termasi yoshlari o‘zlarining imkoniyatlarini poylab to‘p surishdi. Ana o‘sha imkoniyat yuzaga kelishi bilan ular gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Mamadi Tiam 77-daqiqada jamoamizni jazoladi.
Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari Jahon chempionatining chorak finalida Senegalga mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
O‘zbekiston U20 - Senegal U20 0:1
Gol: Mamadi Tiam, 77
O‘zbekiston U20: Hamroyev, Ashurmatov, Abdullaev, G‘iyosov, Komilov, Hamrobekov, Sohibov, Shukurov, Tursunov, Shomurodov, O‘rinboyev.
Senegal U20: Ibrohim Say, Muhammad Sane, Elimane Sisse, Sidyi Sarr, Alhassan Silla, Mussa Kone, Mussa Vague, Rojer Gomis, Alassan Sov, Mamadu Tiam, Remi Nassalan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi