08:39 / 15.06.2015
7 323

Samarqandning «Dinamo» klubi sobiq futbolchisi Devid Oniya Malayziyada vafot etdi

Samarqandning «Dinamo» klubi sobiq futbolchisi Devid Oniya Malayziyada vafot etdi

Malayziyaning T-Tim klubining nigeriyalik himoyachisi David Oniya o‘rtoqlik uchrashuvi paytida hushidan ketganidan keyin olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Futbolchi Kota-Baru shahrida Kelantan jamoasiga qarshi uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hushidan ketgan. Futbolchi shifoxonaga olib borilgan va u erda o‘ziga kelmay vafot etgan.

T-Tim jamoasi prezidenti Mod Zain agar tibbiy ko‘mak o‘z vaqtida ko‘rsatilganda futbolchining hayoti saqlab qolinishi mumkinligini aytgan.

“U yurak xurujini boshidan o‘tkazdi, biroq tibbiy yordam haydovchisi o‘z ishiga tayyor bo‘lganda hammasi yaxshilik bilan tugashi mumkin edi. Oniya hushidan ketganda haydovchi tribunada bo‘lgan”, deb aytdi Zain.

O‘yin 60-daqiqada – shifoxonadan futbolchi o‘lgani haqida xabar kelgandan keyin to‘xtatib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samarqandning «Dinamo» klubi sobiq futbolchisi Devid Oniya Malayziyada vafot etdi