“Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov yangi mavsum oldidan bo‘lib o‘tgan jamoa taqdimoti marosimidan so‘ng kelajagi borasida savolga javob berib o‘tdi.
“Osiyo Kubogidan so‘ng xorijning bir qator klublaridan takliflar tushdi. Ular orasida Osiyo jamoalari bilan bir qatorda Rossiya va Ispaniya klublaridan ham taklif bo‘ldi.
Ammo hozircha butun e’tiborim Osiyo Chempionlar ligasi doirasida “Al Jazira”ga qarshi kechadigan o‘yinga qaratilgan. Bu o‘yinda jamoamga yordam berishni juda istayman. Faqat “Al Jazira”dan o‘tib olganimizdan so‘ng takliflarni ko‘rib chiqamiz. Hozircha kelajagim borasida aniq bir gap ayta olmayman. Buning ustiga Yevropada hozir transfer mavsumi ham emas. Yozgacha esa ko‘p narsalar o‘zgarib ketishi mumkin”, - deb Sardor Rashidovning so‘zlaridan keltiradi “Interfutbol” nashri.
Manba: www.stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?