17 fevral kuni Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi mavsumlar oralig‘ida o‘z safiga qo‘shib olgan futbolchilarni rasman tanishtirdi.
Tadbirda eng avval jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov, “Lokomotiv” FK bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov va jamoa boshlig‘i Qobil Yunusovlar avvalgi mavsum yakunlari, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni va jamoa safiga qo‘shib olingan yangi futbolchilar haqida jurnalistlar bergan savollarga javob qaytarishdi.
Matbuot anjumanida klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akromov barchani yangi mavsum boshlanishi bilan tabrikladi. U o‘tgan mavsumda jamoa ichki chempionatda kumush medallarni qo‘lga kiritgani va O‘zbekiston kubogi sohibiga aylanganini eslab o‘tdi. U yangi mavsumda Kubokni jamoada olib qolish va chempionlikni qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilganini ma’lum qildi. Chempionlar ligasida esa finalgacha etib borish maqsad qilingan.
Keyin taqdimot marosimi boshlandi va jamoaga kelib qo‘shilgan Timur Kapadze, Timurxo‘ja Abduxoliqov, Ma’mur Ikromov, Oleg Zoteev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Qobuljonov, Abror Karimov, Ruslan Koryan va Nemanya Yanichich kabi 9 nafar futbolchi yig‘ilganlarga tanishtirildi. Qayd etish kerak, ularning 3 nafari darvozabon hisoblanadi – Ma’mur Ikromov (12), Sardor Qobuljonov (30) va Abrorjon Karimov (44).
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi