10:48 / 18.02.2015
5 830

Anri “Arsenal” akademiyasida yoshlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Anri “Arsenal” akademiyasida yoshlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Biroz oldinroq, “Arsenal” klubining sobiq hujumchisi Terri Anri Uelsdagi murabbiylik kurslarida o‘qiyotgani xabar qilingan edi.

Ayni paytda Sky Sport telekanali eksperti hisoblanadigan Terri Anri bu kurslarni tugatib, “kanonirlar” jamoasining Xeyl Enddagi akademiyasida yoshlarga mashg‘ulot o‘tkazgani xabar qilinmoqda.

Shuningdek, 37 yoshli Anri UEFAning «A» va «B» lisenziyalarini olishga ham tayyorlanmoqda. Klubdagilar unga murabbiylik amaliyotini o‘tashga yordam berishmoqda.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anri “Arsenal” akademiyasida yoshlar uchun mashg‘ulotlar o‘tkazdi