09:28 / 19.02.2015
5 994

EChL. «Real» ishonchli g‘alabaga erishdi

EChL. «Real» ishonchli g‘alabaga erishdi

"Real Madrid" Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida Germaniyada bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda "Shalke" ustidan ishonchli tarzda g‘alaba qozondi va javob o‘yini oldidan chorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Anchelotti shogirdlari o‘yinni to‘laligicha nazorat qilishdi va har ikkala bo‘limda bittadan imkoniyatni golga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlab Karvaxalning yuqoridan etkazgan uzatmasini Ronaldu bosh bilan darvozaga yo‘llagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Krishtianuning o‘ziga golga assistentlik qildi. Marselo jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylandi.

"Shalke" butun o‘yin davomida gol urish uchun 2ta golli vaziyat yaratdi. Xuntelaarning 23 metrlardan yo‘llagan zarbasini Kasilyas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 19 yoshli Feliks Plat tomonidan yo‘llangan zarba esa darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘pga Uchida zarba berdi. Bu safar zarba Marseloning beliga tegib, Kasilyasga borib tushdi.

Javob o‘yini 10 mart kuni "Abu Dabi Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.

"Bazel" va "Portu" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda durang natija qayd etildi - 1:1.

EChL, NIMChORAK FINAL
Bazel Shveysariya – Portu Portugaliya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Gonsales, 1:1 – 79, penalti Danilo.
Bazel – Vaslik, Jaka, Samuel, Suxi, Safari, Dzuffi, Fray, Gashi (Xamudi, 83), El-Nenni, Gonsales (Kalla, 25), Shtreller (Embolo, 63).
Portu – Freytas, Pereyra Roke, Aleks Sandro, Danilo, Markano, Torres (Nevesh, 68), Kazemiro, Braimi (Kuarejma, 61), Errera, Telo (Kintero, 81), Martines.
Ogohlantirishlar: Fray (21), Kazemiro (29), El-Nenni (36), Torres (36), Samuel (46), Aleks Sandro (51), Gashi (57), Suxi (62), Danilo (86).

ShALKE-04 - REAL MADRID 0:2
Gollar: 0:1 – 26 Ronaldu, 0:2 – 79 Marselo.
Shalke-04 – Vellenroyter, Xevedes, Matip, Nastasich, Utida, Noyshtedter (Kirxgoff, 57), Xeger (Mayer, 80), Aogo, Boateng, Shupo-Moting, Xuntelar (Platte, 33).
Real Madrid – Kasilyas, Karvaxal (Arbeloa, 82), Pepe, Varan, Marselo, Isko (Ilyarramendi, 85), Lukas Silva, Beyl, Kroos, Benzema (Ernandes, 78), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kroos (9), Boateng (34), Noyshtedter (45), Kirxgoff (63).

Manba: www.stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » EChL. «Real» ishonchli g‘alabaga erishdi