10:14 / 20.02.2015
6 962

Finlyandiyalik olimlar mobil qurilmalarni zaryadlash uchun organik «daraxt» yaratdi

Finlyandiyalik olimlar mobil qurilmalarni zaryadlash uchun organik «daraxt» yaratdi

Finlyandiya Texnologik tadqiqotlar markazi olimlari yangi uskunani namoyish etdi, uning yordamida mobil qurilmalarni quvvatlash mumkin, deb xabar bermoqda TASS.

Ushbu uskuna tuvakka ekilgan kichik daraxt shaklida bo‘lib, uning barglari organik materialdan yasalgan ingichka va egiluvchan quyosh panelidan iborat.

U 3D-printerdan foydalangan holda yaratildi. «Daraxt»ning barglari ekologik xavfsiz yo‘l bilan quyosh, shamol va harorat o‘zgarishidan olingan energiyani to‘play oladi.

Finlyandiyalik olimlar ixtirosi turli mobil qurilmalar, chunonchi, telefon va lampalar uchun zaryadlovchi vosita rolini o‘tashi va bir vaqtning o‘zida uy bezagi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Manba
: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Finlyandiyalik olimlar mobil qurilmalarni zaryadlash uchun organik «daraxt» yaratdi