11:55 / 23.02.2015
7 502

Apple iPhone uchun displey ishlab chiqaruvchi zavodga 1,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Apple iPhone uchun displey ishlab chiqaruvchi zavodga 1,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi

Apple va Yaponiyaning displey ishlab chiqaruvchi Japan Display Inc. (JDI) kompaniyasi o‘rtasida iPhone uchun displey etkazib beruvchi maxsus zavod qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar bormoqda, deb yozadi «Mail.ru».

Manbalar xabariga ko‘ra, JDI iPhone uchun asosiy displey etkazib beruvchiga aylanmoqchi. Biroq bunday hamkorlik uchun Apple Isikava prefekturasida zavod qurilishiga 200 milliard yen (taxminan 1,7 milliard dollar) sarmoya kiritishi kerak.

U 2016 yildan ishlay boshlashi taxmin qilinmoqda. Agar kelishuv muvaffaqiyatli imzolansa, Apple LG va Samsung’ga displey buyurtma qilmay qo‘yishi mumkin.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone uchun displey ishlab chiqaruvchi zavodga 1,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi