18:14 / 23.02.2015
8 102

O‘zbekistonda internet tezligi o‘sayotgani qayd etildi

O‘zbekistonda internet tezligi o‘sayotgani qayd etildi

O‘zbekistonda 2015 yil fevralida simli internet tezligi soniyasiga 3,31 Megabitni, mobil internet tezligi esa 2,74 Megabitni tashkil etmoqda. Bu haqda Net Index Explorer hisobotida ma’lum qilindi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 113 mamlakat ichida 102-o‘rinni, simli internet tezligi bo‘yicha esa 197 mamlakat ichida 174-o‘rinni egallagan. Simli internet tezligi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan soniyasiga 0,71 Megabitga, mobil internet tezligi esa soniyasiga 1,08 Megabitga o‘sgani qayd etilgan.

Internet provayderlar orasida Sarkor Telecom, Net Television (FiberNet) va «O‘zbektelekom» tezlik borasida etakchilar sifatida ko‘rsatilgan. Mobil operatorlardan esa Uzdunrobita sifatida ko‘rsatilgan UMS soniyasiga 4,51 Megabit, Daewoo Unitel sifatida ko‘rsatilgan Beeline soniyasiga 1,55 Megabit tezlikka ega internet taqdim etishi qayd etilgan. Ucell operatori borasida esa ma’lumot berilmagan.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda internet tezligi o‘sayotgani qayd etildi