17:17 / 05.03.2015
6 718

Android uchun yangi virus 30 mamlakatdagi foydalanuvchilar orasida tarqalib ketdi

Android uchun yangi virus 30 mamlakatdagi foydalanuvchilar orasida tarqalib ketdi

AdaptiveMobile Android uchun mo‘ljallangan virus tarqalganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Cnews.ru».

Gazon deb nomlangan ushbu virus qurbonning barcha kontaktlariga go‘yoki Amazon uchun kuponlar taqdim etiladigan linklar ilova qilingan xabarlar jo‘natadi. Dasturning asosiy maqsadi ko‘proq «klik»ga ega bo‘lish va o‘z-o‘zini tarqatishdan iborat.

Ta’kidlanishicha, hujum AQShda boshlangan va 25 fevralga kelib, virus dunyoning 30 mamlakatida bir necha mingta smartfonni zararlashga ulgurgan. Zararkunanda dastur 16 mingdan oshiq «klik»ga ega bo‘lib, yana tarqalishda davom etmoqda.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android uchun yangi virus 30 mamlakatdagi foydalanuvchilar orasida tarqalib ketdi