09:08 / 06.03.2015
6 916

Microsoft universal buklama klaviatura chiqardi

Microsoft universal buklama klaviatura chiqardi

Microsoft korporasiyasi iOS, Android va Windows operasion tizimlarida ishlovchi barcha mobil qurilmalarda qo‘llash mumkin bo‘lgan buklama klaviaturani chiqardi, deya xabar bermoqda «Rossiyskaya gazeta».

Aksessuar gadjetlarga Bluetooth orqali ulanadi, shu bilan birga uni biryo‘la ikkita qurilmaga ulash imkoniyati ham mavjud.

Klaviatura korpusi suv yuqtirmaydigan materialdan yasalgan, tasodifan to‘kilib ketgan qahva uning ishlashiga ta’sir qilmaydi. Yig‘ilgan holatda uning o‘lchamlari atigi 29,5×12,5 sm, qalinligi 5 millimetrga teng.

Klaviaturaning bir marta olgan zaryadi taxminan uch hafta ishlashga etadi.

Qurilmaning narxi 99,95 dollar bo‘lishi e’lon qilindi, u sotuvga iyul oyida chiqadi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft universal buklama klaviatura chiqardi