5 190
Apple nima sababdan naushniklar ulagichini yangi smartfondan olib tashlaganini tushuntirdi
Apple vise-prezidentlari Greg Josvyak, Den Richchio va Fil Shiller BuzzFeed’ga bergan intervyusida iPhone 7 dan nega 3,5 millimetrli konnektor olib tashlanganini tushuntirib berdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Richchioning aytishicha, ushbu «havo bilan to‘ldirilgan tirqish» oxirgi bir necha yil mobaynida Apple innovasiyalari yo‘lida to‘siq bo‘lib kelgan ekan.
«Audioulagich 100 yoshda. U bilan bog‘liq oxirgi katta innovasiya 50 yil muqaddam amalga oshirilgan edi. Bilasizmi, bu nima edi? U biroz kichraytirilgan edi. Shundan buyon hech narsa o‘zgarmadi», — dedi Josvyak.
«Bu dinozavr. Olg‘a intilish payti keldi», — qo‘shimcha qildi u.
Richchioning ta’kidlashicha, ulagichdan qutulgan ishlanma mualliflari nihoyat yuqori hajmdagi akkumulyatordan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, suv o‘tkazmaslik texnikasi hamda Home tugmasi uchun Taptic Engine o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?