6 917
Hindistonning eng boy insoni bir milliard vatandoshi uchun bepul 4G tarmog‘ini ishga tushirdi
Hindistonning eng boy insoni — milliarder Mukesh Ambani Reliance Jio 4G tarmog‘ini ishga tushirdi. U mamlakat hududining 80 foizini qoplaydi, deb xabar beradi "Daryo" nashri.
Nyu-Dehlida tarmoq 21 megabit/sekund tezlikni ko‘rsatayotgani aytilmoqda.
2016 yil oxiriga qadar hindistonliklar tarmoqdan bepul foydalanishi mumkin, shundan so‘ng oyiga 149 rupiya (2,25 dollar) narx belgilanadi.
Ayni paytda Hindiston yoshi katta aholisining beshdan bir qismigina internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega. Yaqin yillarda yuz millionlab hindistonliklar arzon va tezkor internetdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yangi tarmoq 2017 yil martiga qadar mamlakat aholisining 90 foizini qoplashi kutilmoqda.
Ambani butun mamlakat bo‘ylab qariyb 100 ming telekommunikasion minoralar bino etishga milliardlab dollar sarfladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, Jio 18 ming shahar va 200 ming qishloqqa etib bordi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi