12:04 / 09.03.2015
6 117

Facebook faol bo‘lmagan foydalanuvchilarning layklarini o‘z sahifalaridan o‘chirib tashlaydi

Facebook faol bo‘lmagan foydalanuvchilarning layklarini o‘z sahifalaridan o‘chirib tashlaydi

Facebook o‘zining blogida ijtimoiy tarmoq brendlar sahifalarida layklarni hisoblash tamoyilini o‘zgartirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi – ijtimoiy tarmoq endilikda akkauntlari faolsizlashtirilgan foydalanuvchilarning layklarini hisobga olishni to‘xtatadi.

Bu yangi o‘zgarish foydalanuvchilar tomonidan faolsizlashtirilgan va foydalanuvchilarning faolsizligi tufayli o‘chirib tashlangan akkauntlarga taalluqli bo‘ladi. Bundan tashqari, barcha faol bo‘lmagan profillar brendlar sahifasidan o‘chirib tashlanadi. Biroq akkaunti o‘chirib tashlangan foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqqa qaytsa, uning barcha layklari tiklanadi.

Shu tariqa tashkilotlarda o‘zlarining auditoriyasi haqida aniq tasavvur bo‘ladi, deb hisoblaydi Facebook.

Kompaniyaning xabar berishicha, bu o‘zgarishlar yaqin haftalar ichida amalga oshiriladi. Facebook sahifalarning egalari foydalanuvchilarning kamayganinini sezishlari mumkinligini aytib o‘tmoqda, biroq ijtimoiy tarmoqning fikricha, bu o‘zgarish ularning bizneslari uchun yanada foyda beradi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook faol bo‘lmagan foydalanuvchilarning layklarini o‘z sahifalaridan o‘chirib tashlaydi