15:22 / 20.09.2016
6 289

Google sayyohlar uchun maxsus ilovani ishga tushirdi

Google sayyohlar uchun maxsus ilovani ishga tushirdi

Google kompaniyasi sayohatlarni rejalashtirish uchun maxsus Google Trips xizmatini havola etmoqda, deb xabar qilgan TechCrunch.

Android va iOs dasturli smartfonlarda ishlaydigan xizmat Google Maps ma’lumotlari va Gmail pochtasiga kelgan maktublardan foydalangan holda sayyohlik yo‘nalishlarini tuzish imkonini beradi. Foydalanuvchi o‘zining avvalgi va bo‘lg‘usi safarlari ro‘yxatini ko‘rishi, ular haqida batafsil axborotga ega bo‘lishi mumkin.

Masalan, sayyohning elektron pochtasida mehmonxonalar va aviachiptalarni bronlagani to‘g‘risida maktublar bo‘lsa, Google Trips bularning barchasini bir joyga to‘playdi. Shuningdek, foydalanuvchi har bir yo‘nalish bo‘yicha eng diqqatga sazovor joylar, kafe va mehmonxonalar xususida bila oladi.

Qayd etilishicha, hozircha, tavsiyalar bo‘limida dunyoning 200 ta eng ommabop shahriga oid takliflar mavjud. Ular sayyohlardan olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqiladi.

E’tiborli jihati, safar haqidagi ma’lumotlardan internetga ulanmasdan foydalansa bo‘ladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google sayyohlar uchun maxsus ilovani ishga tushirdi