00:19 / 23.09.2016
6 512

Xitoy aeroportida robot ish boshladi

Xitoy aeroportida robot ish boshladi

Xitoyning Shenchjen shahridagi aeroportda AnBot nomli patrul roboti ish boshladi. Robotning balandligi 1 metr 49 smni, og‘irligi 78 kgni tashkil etadi. Robot maksimal darajada soatiga 18 km tezlikda harakat qila olishi mumkin. Xitoyning OAVning xabar qilishlaricha, bu robot joriy yil aprel oyida Chunsin shahrida o‘tkazilgan texnologiyalar ko‘rgazmasida ilk marta namoyish etilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AnBot roboti jo‘nash terminalida ish boshlagan. Robotga 4ta yuqori sifatli kamera o‘rnatilgan bo‘lib, ular yo‘lovchilarning yuz ko‘rinishlarini tanish xususiyatiga ega. Yo‘lovchilarning fotosuratlari aeroportning xavfsizlik xizmatiga taqdim etiladi.

Sinxua agentligi patrul robotiga yana bir qator funksiyalar qo‘shish mumkinligi haqida ma’lum qilgandi. AnBot patrul robotiga maxsus tugma o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali polisiyani bir zumda chaqiritirish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy aeroportida robot ish boshladi