16:12 / 26.09.2016
6 419

Beeline AQShda rouming geografiyasini kengaytirmoqda

Beeline AQShda rouming geografiyasini kengaytirmoqda

Beeline AQShda rouming geografiyasini kengaygani haqida xabar beradi. Viaero Wireless kompaniyasi bilan imzolangan shartnomalar natijasida, Beeline abonentlari CAMEL-rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida echib olinadi. CAMEL -rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar - jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline AQShda rouming geografiyasini kengaytirmoqda