Xitoyning Lenovo firmasi boshqa texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda FIDO (Fast IDentity Online) standarti asosidagi barmoq izi bilan himoyalanadigan noutbuklarni tayyorlashni rejalashtirgan. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Noutbuklar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda etakchi bo‘lgan xitoylik gigant ushbu maqsadda Synaptics, Intel va PayPal kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday barmoq izi bilan himoyalangan noutbuklarda onlayn xaridlarni parolni klaviaturada terib o‘tirmay, shunchaki barmoqni tabga qo‘yish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Bu albatta, ushbu texnologiyaning bitta afzalligi, xolos. Shubhasiz, bunday noutbuklar yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘ladi.
Barmoq izi bilan himoyalangan Lenovo noutbuklari uch qatlamli xavfsizlik tizimi bilan ta’minlanadi: u qurilmaning apparat qismiga o‘rnatiladigan Natural ID barmoq izi sensori, Intel va FIDO xavfsizlik tizimlaridan tarkib topadi. Oddiy qilib tushuntirsak, foydalanuvchining barmoq izi va FIDO ma’lumotlari noutbukda shifrlangan holda butunlay saqlanadi. Sizga endi ma’lum servislardan foydalanish uchun parol zarur bo‘lmaydi, shunchaki barmoq izingizni o‘zi etarli. Bu narsa hisob qaydnomalari va noutbukning xavfsizligini bir necha barobarga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi