17:56 / 03.10.2016
6 918

Beeline – MobiCon 2016 Halqaro mobile-konferensiyasining bosh homiysi

Beeline – MobiCon 2016 Halqaro mobile-konferensiyasining bosh homiysi

Beeline 2 noyabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bir necha mamlakatdan tashrif buyurgan ma’ruzachilarni birlashtiradigan halqaro MobiCon 2016 mobile-konferensiyasining Bosh hamkori bo‘ldi.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Nafaqat telekom, balki IT-sohadagi muhim ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash Beeline‘ning tashrifnomasiga aylanmoqda. So‘zsiz, O‘zbekiston tarixidagi birinchi mobile-konferensiya eng yirik aloqa operatorining faol ishtirokisiz o‘tmaydi, va bizga MobiCon 2016 konferensiyasining Bosh homiysi bo‘lish imkoni berilganidan g‘ururlanamiz. Forumning mehmonlari va ishtirokchilarini ko‘p yoqimli sovg‘alar kutmoqda, tadbir esa yangi raqamli iqtisodiyotni qurishda navbatdagi qadamga aylanadi”.

Konferensiya tashkilotchisi — Ledokol Group kompaniyasi. Bosh axborot hamkori Rossiyadagi Mail.Ru Group kompaniyasi bo‘ldi, strategik hamkor — UZINFOCOM axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish Markazi.

«Bu yili ikkinchi marotaba digital-sohadagi yirik tadbir telekommunikasion bozorning etakchisi rahbarligida o‘tayotganidan hursandmiz, – belgilab o‘tdi Ledokol Group direktori Dilshod Muzaffarov. – Bundan tashqari: VimpelCom kompaniyalar guruhi tarafidan qo‘llab-quvvatlangan taniqli Eurasia Mobile Challenge mobil ilovalar tanlovi ham MobiCon doirasida o‘tkazilishi ahamiyatlidir. Konferensiyamizni birgalikda juda yuqori darajada o‘tkazishimizga shubham yo‘q, bu haqida ishtirokchilar guruhi ham dalolat beradi”.

Mobil texnologiyalari va telekom, smartfonlar va portativ uskunalar, mobil marketing va reklama, messenjerlar va chatbotlar, virtual reallik va muvaffaqiyatli startaplar MobiCon 2016 asosiy mavzulariga aylanadi. Tafsilotlar – https://mobicon.uz/ saytida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline – MobiCon 2016 Halqaro mobile-konferensiyasining bosh homiysi