Xalqaro shifokorlar jamoasi fitnes-trekerlardan foydalanish jismoniy tarbiya jadalligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatib berishdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot The Lancet Diabetes and Endocrinology jurnalida nashr etildi. Bu haqida "Kun" nashri xabar berdi.
Olimlar yil davomida 800 kishining sog‘lig‘i (og‘irligi, qon bosimi va yurak urish tezligi) va jismoniy faoliyat intensivligini kuzatib borishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining ayrimlari fitnes-bilaguzuk taqqani uchun pul mukofotlari ham olishdi.
Dastlabki 6 oyda moliyaviy rag‘batlantirish olgan ishtirokchilar jismoniy faollikning ortganini qayd etishdi. Biroq bir yildan so‘ng ularning ko‘rsatkichi dastlabki darajaga qaytdi.
Pul mukofotini olmagan ishtirokchilarda bir yil o‘tib, aerobik jismoniy faollik davomiyligi o‘sishi kuzatildi (o‘rtacha haftasiga 16 daqiqa). Shuningdek, tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, bu salomatlikni sezilarli darajada yaxshilash uchun ahamiyatsiz ko‘rsatkich sanaladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan