Avgust oyining boshida global taqdimoti o‘tkazilgan Samsung Galaxy Note 7 fableti, barchaga ma’lumki, batareyadagi nosozlik tufayli foydalanuvchilardan qaytarib olindi, xavfsiz versiyaga almashtirildi, va nihoyat Janubiy Koreyada qayta sotuvga chiqarildi. Ushbu rezonans tufayli Samsung tomonidan nafaqat juda katta moliyaviy mablag‘ sarflandi, balki kompaniyaning iste’molchilar orasidagi obro‘siga ham putur etdi, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Garchi endilikda mazkur muammo ancha tin olgan bo‘lsa-da, Janubiy Koreyaning yana bir texnologiya giganti bo‘lgan LG kompaniyasi Divali bayrami arafasida Hindistondagi mijozlariga yuborgan SMS xabarlarda Galaxy Note 7 bilan bog‘liq holatni bilvosita tilga oldi. LG o‘z mijozlariga yuborgan xabarda shunday deyiladi: “Yonib ketayotgan qurilmalar haqida yangiliklarni eshitdingizmi? LG kompaniyasida barcha mahsulotlar mijozlarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir necha bosqichli sinovlardan o‘tkaziladi. LG bilan Divali bayramini bexavotir o‘tkazing!”
Albatta, mazkur xabarda LG o‘zining Janubiy Koreyalik raqibini nazarda tutganini anglash mushkul emas. Motorola ham bunday hazil-xabarni o‘zining Twitter’dagi sahifasida bundan bir oycha muqaddam yozgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi