13:43 / 09.10.2016
6 056

Mark Sukerberg yangi VR-shlemni taqdim etdi

Mark Sukerberg yangi VR-shlemni taqdim etdi

Oculus kompaniyasi smartfon yoki kompyuterga ulanmasdan avtonom tarzda ishlay oladigan yangi virtual reallik shlemini yaratish ustida ish olib bormoqda, deb yozadi «Daryo».

Oculus Connect konferensiyasida Mark Sukerberg kompaniyaning ilg‘or g‘oyalarini namoyish etdi.

Yangi versiya yanada ilg‘or bo‘lib, unda sochlarning rangini o‘zgartirish, liboslarning turli bichimlarini tanlash, o‘z avataringizni sozlash, shuningdek, turli aksessuarlar, masalan ko‘zoynak qo‘shish mumkin.

Bundan tashqari, tizim shlem foydalanuvchisining yuz ifodasini kuzatib boradi, natijada keyinroq uning tuyg‘ulari raqamli o‘xshashi tomonidan qayta yaratiladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mark Sukerberg yangi VR-shlemni taqdim etdi