O‘tgan yili redmondlik gigant nafaqat gibrid Surface Pro, balki o‘zining ilk noutbuki Surface Book’ni ham muxlislar e’tiboriga havola etib, barchani hayron qoldirgan edi. Microsoft bu yil ham bir necha yangi qurilmalarni namoyish etishni rejalashtirgan. Bu haqda Terabayt.uz nashri va boshqa etakchi resurslarda xabar berilgan. Taqdimot shu oyning 26 sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ba’zi taxminlarga qaraganda, kompaniya bu galgi marosimda joriy gadjetlarning yangilangan versiyalari va Surface seriyasidagi o‘zining birinchi monoblokini taqdim etadi.
Bunday monoblok to‘g‘risida anchadan beri turli xabarlar tarqalgan edi. Hatto internet tarmog‘ida ushbu turdagi qurilmani ta’riflaydigan patent tasviri ham e’lon qilindi. Shuningdek, kompaniyaning o‘zi ham shu haftaning avvalida Surface logotipi tushirilgan simsiz klaviaturaning promo-suratini ham nashr qilgan. Bu esa Microsoft’ning kelgusida iMac raqibiga aylanadigan monoblok tayyorlayotgani haqidagi mish-mishlarni yana bir bor tasdiqlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi