Xitoyning Oppo kompaniyasi shu oyning 19 sanasida bo‘lib o‘tadigan R9S modelining taqdimotiga taklifnomalarni yuborishni boshladi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur smartfon kuchli texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Jumladan, unga Meizu MX6 modelidagi kabi Sony IMX386 kamera sensori o‘rnatilishi mumkin.
Hozircha Sony IMX386 kamera sensoriga qarashli texnik parametrlar haqida ma’lumot berilmagan. Biroq undagi diafragma ko‘rsatkichi f/1,7 bo‘lishi aytilmoqda. Agar ushbu ma’lumot rost bo‘lsa, yangi model Samsung Galaxy S7 Edge kamerasi darajasida suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Smartfonga Qualcomm Snapdragon 625 prosessori, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilishi kutilmoqda. VOOC standartidagi tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 3100 mA/st sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.
Oppo R9S smartfoniga tegishli boshqa texnik parametrlar oshkor etilmagan. Xitoyning mazkur kompaniyasi nisbatan arzon va yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega gadjetlar ishlab chiqarib, Osiyo mamlakatlarida ancha qoniqarli savdo natijalarini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi