AQSh va Janubiy Koreyada bir nechta yangi partiyadagi, almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari yana yoni ketganligi tufayli Samsung mazkur smartfonni ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatib turadi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Samsung AQSh, Xitoy va Janubiy Koreya rasmiy tashkilotlari bilan muammoni aniqlash va hal etish maqsadida ushbu modeldagi smartfonni tayyorlashni vaqtinchalik muzlatgan. Hozircha almashtirilgan Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishi yuzasidan ishlab chiqaruvchi hech qanday izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 7 smartfonlaridagi batareyada nosozlik aniqlangach va bir necha o‘nlab yonib ketish holatlari qayd etilgach, kompaniya ularni qaytarib olishni boshlagan. Biroq hatto almashtirilgan Galaxy Note 7 smartfonlarida ham qizib ketish va batareyaning bir maromda ishlamasligi kabi kamchiliklar mavjud bo‘lgani haqida avvalroq xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!