16:38 / 11.10.2016
7 504

Pokemon Go o‘yini O‘zbekistonda ham rasman taqdim etildi

Pokemon Go o‘yini O‘zbekistonda ham rasman taqdim etildi

Pokemon Go o‘yini saytida xabar berilishicha, endi mazkur o‘yin O‘zbekistonda ham rasman taqdim etildi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi. O‘yin O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistonda taqdim etilgan.

Pokemon Go — 2016 yilda chiqarilgan biryo‘la ko‘p foydalanuvchilar bilan birga o‘ynaladigan o‘yin. Uning maqsadi pokemonlarni qidirish va qo‘lga o‘rgatishdan iborat. O‘yinga to‘ldirilgan reallik elementlari kiritilgan, unda raqamli va real olam qo‘shilib ketadi: smartfon ekranidagi rasm real olamdagi ob’ektlarda aks etadi. Shu yilning iyul oyida taqdim etilgan ushbu o‘yinni 100 mlndan ortiq foydalanuvchi yuklab olgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pokemon Go o‘yini O‘zbekistonda ham rasman taqdim etildi