1983 yilning 13 oktyabr sanasida AQShning Chikago shahrida birinchi uyali aloqa tarmog‘i ishga tushiriladi. Tarmoq AMPS (Advanced Mobile Phone System) standartida faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu standartni bugungi taraqqiy etgan barcha uyali mobil tarmoqlarning chinakam “ajdodi” deyish mumkin. Muhandislar hududni yacheykalarga ajratib, radioto‘lqinlardan yanada samarali foydalanish mexanizmini ishlab chiqdilar. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Keyinchalik analogli AMPS standarti raqamli DAMPS variantiga o‘zgaradi. Biroq ushbu tarmoq 800 MGs chastotada ishlaganligi tufayli, yillar o‘tgandan keyin ko‘pgina mamlakatlarda o‘z o‘rnini raqamli televideniega bo‘shatib beradi. Uyali aloqa tarmog‘i esa rivojlanib, yanada katta tezlikda ishlaydigan chastota va standartlarga o‘ta boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin