21:20 / 11.03.2015
6 814

Samsung kompaniyasi Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari ishlab chiqarish hajmini oshiradi

Samsung kompaniyasi Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari ishlab chiqarish hajmini oshiradi

Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari uchun juda katta miqdorda buyurtma olgan Samsung Electronics kompaniyasi ushbu smartfonlarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Janubiy Koreyada chop etiladigan Electronic Times gazetasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

OAVlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning aprelida Samsung kompaniyasi Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlaridan 8 mln dona chiqarishni rejalashtirmoqda, bu avval rejalashtirilgandan ko‘ra 1 mln dona ko‘proqni tashkil qiladi. Mart oyiga qo‘yilgan 5 mln dona smartfon ishlab chiqarish rejasi o‘zgarishsiz qolgan.

Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari Project Zero loyihasi doirasida”noldan” boshlab yaratilgan. Kompaniya o‘zining bozordagi ulushining kamaygani va moliyaviy pasayish sharoitida bu smartfonlarga katta umid bildirmoqda.

Bir necha kun ichida Samsung kompaniyasi Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari uchun rekord darajada, ya’ni 20 mln dona qurilma uchun buyurtma olgan. Hi Investment ning tahlilchisi Li Min-Ax buni bejiz emas deb aytgan, chunki smartfonlar texnik jihatdan juda yaxshi jihozlangan. Aynan shu sababli smartfonlar o‘zlarining raqobatchilari, shu jumladan iPhone 6 oldida ajralib turadi.

Smartfon 10 apreldan 20 ta mamlakatda sotuvga chiqariladi.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari ishlab chiqarish hajmini oshiradi