14:06 / 16.10.2016
7 602

Huawei Honor 6X haqida ayrim tafsilotlar ma’lum qilindi

Huawei Honor 6X haqida ayrim tafsilotlar ma’lum qilindi

Xitoyning Huawei kompaniyasigi tegishli Honor brendi 18 oktyabrda Honor 6X smartfonini namoyish qiladi. Biroq mazkur yangi model to‘g‘risida taqdimotgacha ayrim muhim tafsilotlar internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

4PDA resursida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Honor 6X to‘liq metall korpusga ega bo‘ladi, barmoq izi skaneri bu gal ham an’anaviy tarzda telefonning orqa tomonida joylashadi.

Gadjetga qo‘sh kamera kamera o‘rnatilishi kutilmoqda. Har holda modelning tarqalgan suratida ikkita vertikal joylashgan asosiy kamerani payqash mumkin. Hozircha kamera aniqligi bo‘yicha ma’lumot mavjud emas. Ammo ba’zi taxminlarga qaraganda u Honor 8 kamerasi bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin.

TENAA ma’lumotlariga asosan Honor 6X 5,5 dyuymli Full HD displey, ishlash chastotasi 2,1 GGs bo‘lgan Kirin 625 prosessori, ¾ GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Qurilma sig‘imi 3270 mA/st bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi, EMUI 4.1 interfeysidagi Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi.

Honor 6X to‘rt xil rangda sotuvga chiqariladi. Taxminiy narxi- 210 dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei Honor 6X haqida ayrim tafsilotlar ma’lum qilindi