14:22 / 16.10.2016
6 529

LeEco Rossiyada birinchi firma do‘konini ochdi

LeEco Rossiyada birinchi firma do‘konini ochdi

Arzon va sifatli texnika qurilmalari bilan yaxshi tanilgan Xitoyning LeEco kompaniyasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘zining birinchi monobrend firma do‘konini ochdi. Terabayt.uz saytining yozishicha, do‘konda ayni paytda Le 2 va Le Max 2 smartfonlari, aksessuarlar, LeMe simsiz naushniklari, televizor va Le Super Bike velosipedlari mavjud.

Biroq 15 oktyabrda bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida xaridorlar Flash aksiyasi doirasida faqatgina chegirmali smartfonlarni sotib olishlari mumkin bo‘lgan. Do‘konda LeEco Le 2 14990 rubl ($238), LeEco Le Max 2 esa 29990 ($476) narxida sotuvga qo‘yildi. Qolgan mahsulotlarning narxlari bir necha kundan keyin e’lon qilinadi.

Xitoy kompaniyasi vakillarining qayd qilishicha, yangi flagman LeEco Le Pro 3 2017 yilning boshida mazkur do‘konda sotilishni boshlaydi. Shu bilan birga, kompaniya keyingi yilning birinchi choragida Rossiyada o‘zining rasmiy onlayn kinoteatrini ochishni ham rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LeEco Rossiyada birinchi firma do‘konini ochdi