2017 yilda Dubay polisiya xizmatida birinchi robot ish faoliyatini boshlaydi. Dubay polisiya vakilining ta’kidlishicha, mazkur robot “ma’lum vaziyatlarda” zarur vazifalarni bajarishi mumkin. Robotning qay tarzda ishlashi va nima vazifa bajarishiga hozircha aniqlik kiritilmagan, deyilmoqda “Terabayt.uz” sayti xabarida.
Ushbu robot prototipi 2015 yilda Dubay shahrida o‘tkazilgan GITEX Technology Week ko‘rgazmasida namoyish qilingan edi. Bunday robotlarni polisiya faoliyatiga 4 yil ichida to‘liq jalb qilish to‘g‘risida avvalroq xabar berilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari jamiyatning barcha sohalariga, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha jahondagi etakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. O‘tgan yili Dubay polisiyasi birinchilardan bo‘lib Google Glass texnologiyasidan foydalanishni boshlagan edi. Natijada u jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan ko‘plab qoidabuzarlarni aniqlashga katta hissa qo‘shdi. Dubay hukumati kelajakda robotexnika, biomuhandislik va 3D-bosmani faol qo‘llash bo‘yicha maxsus dasturni ham joriy qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi