09:47 / 24.10.2016
7 149

Amazon kompaniyasi kichik assistent-dronni patentladi

Amazon kompaniyasi kichik assistent-dronni patentladi

AQShning Amazon savdo kompaniyasi so‘nggi yillarda qator texnik yangiliklar bilan ko‘pchilikning tiliga tushmoqda. Kompaniya turli o‘yinlar platformalari uchun o‘zining shaxsiy videoo‘yinlarini ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan boshqarmalarga asos soldi. Yaqinda kompaniya juda kichik ko‘rinishdagi assistent-dronlarni yaratdi va ularni patentladi. Bu dronlar ovozli bo‘yruqlarni bajaradi va har qanday kishining og‘irini yengil qila oladi.

Dron inson elkasiga o‘rnatiladigan maxsus joyda turadi. Katta hududdagi avtomobil to‘xtash joyiga mashinasini qo‘yib, ishlarini tamomlagach, yuzlab mashinalar orasidan o‘z avtomobilini topa olmayotgan kishi ushbu assistent-dron yordamida uni sanoqli soniyalarda topishi mumkin. Buning uchun u dronga “Mashinani topish”, deb ovozli bo‘yruq bersa bo‘lgani.

Ushbu assistent-dron maxsus xizmat vakillari uchun ham ayni muddao. Uning yordamida balandlikdan yong‘in bo‘layotgan joylarni topish, favqulodda holatlarda odamlarni qidirish mumkin. Polisiya xodimlari esa chalg‘imasdan o‘z xizmat burchlarini ado etishlari osonlashadi. Ular xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda dron jinoyatchini suratga oladi, uning hibsga olinish jarayonini ham videotasvirga muhrlash imkoniyatiga ega.

Aytish kerakki, dron topishi kerak bo‘lgan barcha shaxsiy narsalarga maxsus RFID tugmacha o‘rnatiladi. Dron aynan shu tugmachadagi raqamli dastur orqali ma’lum ob’ektni topadi.

Bu hali hammasi emas. Dronlarni suratga tushish, videotasvirga olish, uyning eshigi yopilganini tekshirish, trassada avtomobillar tirband vaqtda manzilga qancha masofa qolganini aniqlash uchun ham ishlatish mumkin. Noqulayligi esa siz uni elkangizda olib yurishingizga to‘g‘ri keladi.

Assistent-dron yaqin kelajakda rasmiy ravishda ishlab chiqarila boshlaydi va odamlarga qulaylik yaratishni boshlaydi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amazon kompaniyasi kichik assistent-dronni patentladi