15:31 / 26.10.2016
7 481

Mobil operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash topshirildi

Mobil operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash topshirildi

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi aloqa operatorlariga aholiga ko‘rsatilayotgan telekommunikasiya xizmatlari sifatini yaxshilash vazifasi topshirildi, deb Kun.uz yozmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan majlisda, telekommunikasiya operatorlari rahbarlari e’tibori bu sohadagi xizmatlar sifatini yaxshilash muammosiga qaratildi.

Unda, mobil internet va mobil aloqa sifatini doimiy ravishda nazorat qilish zarurligi uqdirilgan.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspeksiyasiga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmati sifatini aniqlashning yangi, zamonaviy usullarini qisqa muddatda ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot markazlari xodimlarining murojaatlar va arizalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish bo‘yicha professionalligini oshirish lozimligi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mobil operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash topshirildi