Fossil kompaniyasi Emporio Armani moda brendi bilan hamkorlikda EA Connected Watch nomli smart-soatni taqdim etdi. Soat klassik korpus dizayniga ega, ekrani aylana shaklda.
EA Connected Watch gadjeti Bluetooth orqali iOS va Android platformalarida ishlaydigan mobil qurilmalar bilan sinxronlanadi. Soatda qadamlar, sarflangan kaloriyalar, bosilgan masofa va uyqu holatini kuzatish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, smartfondagi musiqalarni masofadan boshqarish va qo‘ng‘iroqlar haqida xabardor bo‘lish mumkin.
Asosiy siferblatdan tashqari soatda ikkinchi vaqt mintaqasini kuzatish uchun qo‘shimcha kichik soat ham mavjud. Avtonom ishlash vaqti 6 oyni tashkil qiladi, biroq mazkur ma’lumot hali tasdiqlanmagan.
Terabayt.uz nashrining yozishicha, yangi dizayndagi aqlli soatni 250 dollar evaziga xarid qilish mumkin. U to‘rtta rangda (qora, pushti, po‘lat va bronza) sotuvga chiqariladi. Shuningdek, 2017 yilda EA Connected Watch soatiga mo‘ljallangan timsoh terisidan ishlangan bog‘ichlar ham paydo bo‘lishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring