22:47 / 28.10.2016
6 299

HTC Xitoyda yuzlab VR-kafelarni ochishni rejalashtirmoqda

HTC Xitoyda yuzlab VR-kafelarni ochishni rejalashtirmoqda

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, Xitoy yaqin kelajakda virtual reallik texnologiyalarining eng yirik bozoriga aylanishi mumkin. Joriy yilda mazkur bozorning umumiy kapitali 860 million dollarni tashkil qilishi qayd etilgan.

Xitoyda ushbu texnologiyaning rivojlanishida virtual reallik kafelari muhim o‘rin egallamoqdi. Bunday kafelarda tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladigan o‘nlab VR arkadalar mavjud. Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, Tayvanning HTC kompaniyasi mazkur trendning imkoniyatlarini tezda ilg‘adi hamda Taybey, Shenchjen va Pekin shaharlarida bir nechta VR-kafelarni ochishga ham ulgurdi.

HTC keyingi yilda Xitoy bo‘ylab yuzlab mana shunday kafelarni tashkil qilishni rejalashtirgan. Firma ushbu virtual reallik kafelari ommalashishiga hech ham shubha qilmaydi. Boisi Xitoyda internet kafelar juda keng tarqalgan (taxminan 146 mingta).

Eslatib o‘tamiz, HTC kompaniyasi Mobile World Congress 2015 ko‘rgazmasida HTC Vive virtual reallik shlemlarini taqdim qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » HTC Xitoyda yuzlab VR-kafelarni ochishni rejalashtirmoqda