Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi kuni kecha Nexus 5X uslubidagi arzon LG U smartfonni namoyish qildi. Hozircha model faqat Janubiy Koreyada sotiladi, deya xabar bermoqda LG bilan aloqador saytlardan biri.
LG U xuddi Nexus 5X singari 5,2 dyuymli Full HD 1080p (1080 x 1920 piksel) aniqligidagi displey, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Model o‘lchamlari (147,6 x 73,2 x 7,7 mm) va og‘irligi (135 gramm) bilan Google uchun chiqarilgan smartfonga juda yaqin. Gadjetga 1,4 GGs chastotadagi Snapdragon 4xx prosessori, 3000 mA/st sig‘imli batareya, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan.
Doimiy xotira sig‘imini microSD-karta yordamida kengaytirish mumkin.
Model Janubiy Koreyada LG U+ mobil operatori tomonidan 340 dollar narxida uchta rang versiyalarida sotilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi