ASUSTOR kompaniyasi korporativ foydanishga mo‘ljallangan AS6212RD nomli tarmoqli to‘plagichni namoyish qildi.
Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, gadjetga 2,5 yoki 3,5 dyuymli Serial ATA 3.0 interfeysidagi qattiq disklarni o‘rnatish imkoniyati mavjud. Agar unga 12 ta sig‘imi 10 TB bo‘lgan to‘plagichlar o‘rnatilsa, jami sig‘im 120 TBni tashkil qiladi.
Qurilma Intel Braswell platformasida ishlaydi. Unga maksimum chastotasi 2,24 bo‘lgan to‘rt yadroli Celeron prosessori o‘rnatilgan. SO-DIMM DDR3L standartidagi operativ xotiraning hajmi – 4 GB, biroq uni 8 GBgacha kengaytirsa bo‘ladi.
ASUSTOR AS6212RD to‘rtta Gigabit Ethernet porti hamda turli periferiya qurilmalarini ulash uchun to‘rtta USB 3.0 portiga ega. Bundan tashqari, HDMI 1.4b porti ham ko‘zda tutilgan. Yana shunisi ham muhimki,to‘plagich ikkita quvvat bloki yordamida ishlay oladi. Bu esa texnik nosozliklar paytida gadjetning uzluksiz ishlashini ta’minlashga yordam beradi.
Gabaritlari — 535 × 439 × 88 mm, og‘irligi — 12,7 kg. Hozircha model narxiga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi