AQShning Google kompaniyasi 4 oktyabr kuni Pixel va Pixel XL smartfonlarning taqdimotini o‘tkazgan edi. Smartfonlar mutaxassislar va foydalanuvchilar orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Biroq qurilmalar sotuvga chiqarilganidan keyin biroz muddat o‘tgach, ular borasida turli e’tirozlar ham paydo bo‘la boshladi.
Ayniqsa, ushbu smartfonlar avtomobilga Bluetooth orqali yaxshi ulanmasligi natijasida ko‘plab haydovchilarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Terabayt.uz saytining yozishicha, haydovchilar qo‘ng‘iroq paytida suhbatdoshlari bilan ulanish uzilib qolishi bois so‘zlasha olmayotganlarini aytganlar.
Ba’zi ekspertlar esa Google ham Samsung izidan borib, smartfonlarni tezroq taqdim etish maqsadida sifatga kerakli e’tibor qaratmaganini ta’kidlamoqdalar. Bundan tashqari, yangi Google smartfonlari avvalgi Nexus seriyasiga qaraganda deyarli ikki baravar qimmat turishi ham ko‘pchilikning hafsalasini pir qildi.
Ayni paytda bunday muammo Android 7.1 versiyasi bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminlar ham ilgari surilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi