AQShning Apple kompaniyasi o‘z telefonlaridagi IPS matrisani OLED matrisaga almashtirishi borasida mana bir necha yildan beri turli xabarlarni eshitib kelmoqdamiz. Biroq o‘tgan oyning boshida namoyish etilgan Apple iPhone 7 qurilmasida ham mazkur yangilik tasdiqlanmadi – Apple yana IPS displeylarga sodiq qoldi.
Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, keyingi yilda Apple firmasi iPhone 8 modelining 3 ta versiyasini, jumladan, 5 dyuymli gadjetni ham taqdim qiladi. Shuningdek, qatordagi eng yirik model — iPhone 8 Plus Sharp tomonidan tayyorlangan OLED panel bilan jihozlanadi.
Ushbu yangilik shunchaki mish-mish bo‘lishi mumkin emas. Sababi iPhone qurilmalarini ishlab chiqaradigan Tayvanning Foxconn kompaniyasi shu yilning avgust oyida Sharp’ning nazorat aksiyalari (66,07%) to‘plamini 3,8 mlrd AQSh dollariga xarid qilgan edi. Bu esa mazkur xabarning zarur asosga egaligini isbotlaydi.
Bundan tashqari, “Olma” Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalari va bozordagi asosiy o‘yinchilardan biri — Samsung bilan raqobat qilish uchun yangi innovasiyalarni qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi