16:28 / 01.11.2016
6 124

Gigabyte Aero 14 noutbuki NVIDIA GeForce 1060 grafikasi bilan taminlanadi

Gigabyte Aero 14 noutbuki NVIDIA GeForce 1060 grafikasi bilan taminlanadi

Gigabyte kompaniyasi Aero 14 noutbukining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Model o‘yinlar va professional foydalanishga mo‘ljallangan.

Terabayt.uz nashrining ma’lum qilishicha, noutbuk 14 dyuymli IPS displey bilan jihozlangan, ekran Quad HD aniqligida (2560 × 1440 piksel). Stasionar ishlash vaqtida noutbukda tasvir HDMI 2.0 va Mini DisplayPort portlari orqali 4K formatli monitorlarga chiqarilishi mumkin.

Gadjet Intel Skylake apparat platformasida yaratilgan, to‘rt yadroli Core i7-6700HQ prosessorida ishlaydi. Unga 32 GBgacha bo‘lgan DDR4-2400 operativ xotira o‘rnatish mumkin. Model NVIDIA GeForce 1060 asosidagi grafik tizim bilan ta’minlangan bo‘lib, mazkur tizim VR Ready toifasiga kiradi va virtual reallik fuknsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Gigabyte Aero 14 1 terabaytli M.2 PCIe SSD to‘plagichga ega, Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.1+ LE modullari, SD-kart rider va stereodinamiklar bilan quvvatlangan. Windows 10 operasion dasturida ishlaydi.

Gadjet shu oy davomida sotuvga chiqariladi. Narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Gigabyte Aero 14 noutbuki NVIDIA GeForce 1060 grafikasi bilan taminlanadi