Rossiyaning aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya sohasini nazorat qilish federal xizmati “qaroqchi” kontent bilan jiddiy kurashishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Yaqinda federal xizmat o‘quvchi va talabalar turli fanlar bo‘yicha tayyor yozma ishlarni ko‘chirib oladigan refoteka.ru saytini bloklab qo‘ydi. Terabayt.uz saytining ma’ulm qilishicha, Stavropol tuman sudi saytni mualliflik huquqlari tartibini buzganligi uchun bloklash borasida qaror chiqargan.
Saytdagi ko‘plab tayyor referat va kurs ishlari uchinchi taraf mualliflariga tegishli bo‘lgan. Saytning faoliyati yuzasidan 2015 yilning iyul oyida rasmiy shikoyat berilgan. Oradan bir yil o‘tib mazkur ish bo‘yicha qaror ijro etilib, refoteka.ru sayti aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya sohasini nazorat qilish federal xizmati tomonidan bloklab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?