23:28 / 01.11.2016
6 133

Kingston 256 GBli microSDXC Class 10 xotira kartasini chiqardi

Kingston 256 GBli microSDXC Class 10 xotira kartasini chiqardi

AQShning Kingston kompaniyasi yangi turdagi 256 gigabaytli microSDXC Class 10 UHS-I xotira kartasini tayyorladi. Qurilmaning gabaritlari 11 x 15 x 1 mm, u suvdan IPX7 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Terabayt.uz saytining ma’lum qilishicha, microSDXC-karta turli ob-havo sharoitlarida ham ishlashi mumkin (Selsiy bo‘yicha -25 sovuq va +85 issiqqacha). Bundan tashqari, xotira kartasi juda kuchli bo‘lmagan zarba va tebranishlarga chidamli. Bunday xususiyat, ayniqsa, aeroportlarda qo‘l keladi.

Ma’lumotni yozish tezligi 10 MB/soniyadan boshlanadi, o‘qish tezligi esa soniyasiga 45 MBni tashkil qiladi. Qurilma Class 10 tasnifiga kirganligi uchun unga muddatsiz kafolat xizmati ko‘rsatilishi ma’lum qilingan.

Hozircha xotira kartasining narxi haqida ma’lumot berilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kingston 256 GBli microSDXC Class 10 xotira kartasini chiqardi