Github saytida Minoca OS nomli yangi ochiq operasion tizimning birlamchi kodi va texnik hujjatlari paydo bo‘ldi. Tizim erkin GNU GPL v3 lizensiyasi bazasida yaratilgan. Dasturchilarning ma’lum qilishicha, ushbu operasion tizim butunlay yangi kodlar bilan yozilgan, kompyuterning apparat qismiga yuqori talablar qo‘ymaydi va Linux’ga qaraganda tezroq ishlay oladi.
Operasion tizim yaratuvchilari Evan Grin va Kris Stivenslarning qayd etishicha, dastur yadrosi mexanizm va yangilanishlari o‘tgan asrning 90-yillaridan beri o‘zgarmagan va natijada sezilarli eskirgan.
Dastur kodi 625 mingta qatordan iborat. Asosan S dasturlash tilida yozilgan bo‘lsa-da, biroq S++ va assemblerdan ham foydalanilgan. x86 uchun mo‘ljallangan yadroning hajmi – 750 KB. Minoca OS to‘liq ishlash holatida 5-7 MB operativ xotirani tashkil qiladi, ARMv6 va ARMv7 texnologiyasidagi prosessorlarda ham ishga tushadi.
Ferra nashrining ma’lum qilishicha, Minoca OS dasturini mobil qurilmalar, sozlanadigan tizimlar, kuchsiz kompyuterlar va Raspberry Pi kompyuterlarida ishlatsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?