00:03 / 03.11.2016
6 687

Avstraliyalik kartoshkadan fotokamera yasadi va unda suratlar oldi

Avstraliyalik kartoshkadan fotokamera yasadi va unda suratlar oldi

Avstraliyalik fotosuratchi Kolin Loui kartoshka ichiga pinxol-kamerani joyladi va mashhur ingliz idiomasini yasadi.

Ingliz tilida «potato quality» (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda «sifatli kartoshka») degan idioma mavjud. U fotografiyada sifati past suratlarga nisbatan ishlatiladi.

Kolin Loui pinxol-kameralar yasash mutaxassisi bo‘lib, uni aynan va kartoshkadan yasashdan maqsad qildi.

Pinxol-kamera yasash uchun Louiga katta kartoshka, tomat pastasining konserva bankasi, muzlatgich uchun magnit, ikkita 35 millimetrli plyonka, izolenta va bir qancha rezinka kerak bo‘ldi.

Pinxolning hajmi 300 mikronni, fokus oralig‘i — 60 millimetrni, apertura esa f/200ni tashkil etdi. Loui suratga olish uchun shtativdan foydalandi. Bir qancha kadrlar kartoshkada suratga olindi va ular tarmoqda e’lon qilindi.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Avstraliyalik kartoshkadan fotokamera yasadi va unda suratlar oldi