Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi sentyabr oyida navbatdagi flagmani LG V20 modelini taqdim etgandi. Model Android 7.0 versiyasida ishlab chiqarilgan dunyodagi ilk gadjet bo‘ldi, u kuchli texnik parametrlar va ilg‘or qo‘sh kamera bilan ta’minlandi.
Biroq smartfonning sotuvlari boshlangach, oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, foydalanuvchilar asosiy kamera modulining juda tez sinib ketayotganligi, zarbalarga chidamsizligidan shikoyat qilishdi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, kamera shishalari kuchsiz jismoniy bosimsiz yoki chaqnoqning uzoq yonishidan chatnaganligi borasida turli mijozlar xabar qilishgan. Biroq ushbu sabablarning aniqligi shubha ostidi. Chunki kamera chaqnog‘i o‘zidan yuqori harorat chiqarmaydi. Nima bo‘lganda ham, model kamerasida biror defekt mavjud bo‘lsa kerak. Soha bloggerlari ham smartfonni xarid qilgach, kamerani maxsus qoplam bilan qoplashni maslahat berishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi