Ayni vaqtda jahonda istalgan joyda musiqadan zavqlanishga yordam beradigan juda ko‘p mobil karnaylar yaratilgan. Biroq ularning hammasi ham etarli darajada baland tovushni ta’minlay olmaydi, yoki foydalanishda qulay emas.
Leedeyeon kompaniyasi mazkur muammoga butunlay o‘zgacha uslubda yondashdi va tovushni kuchaytirish uchun bo‘sh shishalardan foydalanadigan Cork nomli simsiz karnayni yaratdi. Terabayt.uz saytining yozishicha, gadjetdagi ovoz shishaga yo‘naltirilganligi bois uning balandligi ortadi. Bas va ohang shishaning shakli va o‘lchamiga qarab o‘zgaradi. Shisha quti qanchalik yirik bo‘lsa, tovush balandligi va baslar shunchalik kuchayadi.
Gadjet smartfon yoki boshqa qurilmalarga Bluetooth orqali ulanadi. Karnayni bir marta zaryadlab, undan 10 soat davomida foydalanish mumkin. Zaryadlash esa microUSB port orqali amalga oshiriladi.
Model tez orada 43 dollar narxida sotuvga chiqadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi